22:31
Oilangizdan gunohlar ketkazilib, butunlay pok boʻlishini xohlaysizmi
Alloh taolo aytadi:

“(Ey paygʻambar) xonadonining ahli, Alloh sizlardan gunohni ketkazishni va sizlarni butunlay poklashni istaydi xolos. Uylaringizda Allohning oyatlari va hikmat (yaʼni paygʻambar hadislari)dan iborat tilovat qilinadigan narsalarni zikr-tilovat qilinglar! Albatta Alloh mehribon va ogoh boʻlgan zotdir” (“Ahzob” surasi, 33-34-oyatlar)

Sharh: Uyingizda Qurʼon va hadis zikrini koʻpaytirsangiz shaytonlar uyingizdan qochadi, xayr-baraka farishtalari kelib uyingiz barakotli xonadonga aylanadi.

Ammo qaysi uyda musiqa-qoʻshiq boʻlsa, u yerdan xayr-baraka farishtalar qochadi, shaytonlar bilan toʻladi. Uyingiz fayzsiz xonadonga aylanadi.
Категория: News | Просмотров: 689 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar