Tana-to‘shi qotmadan kelgan, bo‘y-basti, qad-qomati mirzaterakday tik; chollikdan-dollikdan, behollikdan so‘z ochsangiz, hali-beri qariyalikni bo‘yniga oladigan ahmoq yo‘q, deya ilmoqli savolingizni o‘zingizga chalpak qilib yopishtirib qo‘yadigan chapaniroq, ayni choqda tanti, yuzlari hamon Baxmalning “besh yulduz” olmasiday tiniq To‘lanboy otaning yoshi yetmishga tutashib qolganiga qaramay, sovitilgan otday! Kunba-kun yasharib borayotganiga ayrim uzangi-yo‘ldoshlari havas qilsa, boshqalari hasad qilib qo‘yarlar. Emaklagan bolaning etagidan tortadigan dushmani bo‘ladi. Otaning ko‘z ochib ko‘rgan jufti haloli bundan besh-olti yil burun “bevafo”lik qildi. Otani yolg‘izlatib, yorti qoldirib ketdi. Ota yolg‘iz yotib, yolg‘iz turib yurdi. Borsa kelmas “mamlakat”ga bevaqt ketgan yostikdoshining qadri bilindi. O‘zingga o‘zing qnlding, yotasan yolg‘izgina… Baxayr, otaning bo‘yinsalari — tobutkash tengqurlari bilan o‘g‘il-qizlarining gaplari bir yerdan chiqib, unga munosib “yor” izlashga kirish ... Читать дальше »
Категория: Sherlar Va Hikoyalar | Просмотров: 2391 | Добавил: admin | Дата: 16.10.2018 | Комментарии (0)

Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish—uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi. Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi... Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi; ko‘zlari javdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi. Xotinlar o‘g‘rini qarg‘aydi, it huradi, tovuqlar qaqag‘laydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi. Qobil boboning qo‘shnisi - burunsiz ellikboshi kirdi. U og‘ilga kirib teshikni, ho‘kiz bog‘langan ustunni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi; negadir ustunni qimirlatib ham ko‘rdi, so‘ngra Qobil boboni c ... Читать дальше »
Категория: Sherlar Va Hikoyalar | Просмотров: 809 | Добавил: admin | Дата: 16.10.2018 | Комментарии (0)

Topolmay so'z ta'riflarim sayqalga, O'xshataman azim daryo baykalga, Bosh egaman qarshimdagi haykalga. So'rayman ulardan pinhona izoh. Bog' aro kezarman qalbimda hislar, Qo'riqchidek archalar safga tizilar, Yuragim tanamga duk duk urilar, So'rayman ulardan pinhona izoh. Go'yoki shoirlar bahsdadirlar, Nazm kechasidek nafisdadirlar, Qo'llarida kitob dardidadirlar, So'raymam pinhona ulardan izoh. Ko'rki dunyo tarix azal ustozlar, Qalam siyoh satri bashar ustozlar, Yetti dunyo mangu yashar ustozlar, So'radim sizlardan pinhona izoh. Pinhona izohim shuki ustozim, Ijodimga omad bering ustozim, Sizlardan o'rnak olay ustozim, So'radim sizlardan birgina siyoh
Категория: Sherlar Va Hikoyalar | Просмотров: 724 | Добавил: admin | Дата: 16.10.2018 | Комментарии (0)

U tushimga kirar har sahar, Tortqilarmish sochlarin sabo. Hidlarmish menga gulsafsar, Ko‘ksimga bosh qo‘yib dilrabo. Bir qizmishki, suluv va durkun, Kuylarmishman qo‘lidan tutib… Men vasliga etgayman bir kun, Yo ishqida ketgayman o‘tib.
Категория: Sherlar Va Hikoyalar | Просмотров: 730 | Добавил: admin | Дата: 16.10.2018 | Комментарии (0)