12:20 Jinsiy aloqa haqida: maslahatlar, qoidalar, erkak va ayol uchun tavsiyalar, xatoliklar | |
Hozirda jinsiy aloqa haqida bilmoqchi bo’lgan barcha narsalarni so’rash odatiy tus olib bormoqda. Ammo intim mavzular bo’yicha ma’lumot juda ko’p miqdorda bo’lib, ular orasida chalkashib qolish osondir — lekin jinsiy aloqa qilishni a’lo qiladigan asosiy shartlar va maslahatlarni topish qiyinroq. Bir nechta oddiy qoidalar siz va juftingiz uchun ushbu ajoyib jarayonni sezilarli darajada osonlashtirishi mumkin. Erkaklarga jinsiy aloqa bo’yicha tavsiyalar 1. Juftingizni kuzating. Har bir kishi o’z tabiatiga, odatlariga va… erogen zonalarga ega bo’lgan yorqin shaxsdir. Biroq, erkaklarga o’z juftiga birdan o’rganib ketish oson emas, ayniqsa bundan oldin boshqa munosabatlari bo’lgan bo’lsa. Lekin ehtirosli jinsiy aloqa istagi hali ham mavjud. Birinchi kunlardanoq intim tabiatli savollar berish — romantikaga to’g’ri kelmaydi, ammo ko’zlari bor ko’radi: tananing qanday «samimiy» nuqtalariga ta’sir o’tkazilganda sevimli juftida yorqin reaktsiya paydo bo’ladi. Ko’pgina hollarda, erkaklar o’z berilib ketishlari va umidlarni oqlamaslikdan qo’rqib, taktil aloqa qilishni umuman eslaridan chiqarib yuboradilar. 2. Jinsiy aloqada suhbatlashing. Sevgi so’zlarini bilmagan eski askar haqida hikoya kuchli jins vakillari uchun doimiy bahonadir. Tanishish bosqichida erkaklar ozmi-ko’pmi suhbatchan va ishonchli bo’lishadi. Lekin yotoqda esa bu qayergadir yo’qoladi. Lekin siz bo’sh kelmasligingiz kerak: ba’zan sukut saqlashdan ko’ra gapirish yaxshiroqdir, yoki ayniqsa biron narsa qilishdan. Yoringiz qulog’iga pichirlab, tashqi ko’rinish, qomati, yoqimli tomonlarini eslatib turish ortiqchalik qilmaydi. Hech qanday jinsiy aloqa texnikasi, o’z vaqtida aytilgan kerakli so’zchalik ayolni baxtning cho’qqisiga ko’tara olmaydi. 3. «Mayda» narsalarni e’tiborsiz qoldirmang. G nuqtasi, albatta, yaxshi. Biroq, uni izlashda butun hayotingizni sarflashingiz mumkin — shunda ham uni topish kafolatlanmagan. Lekin, qoida tariqasida, haqiqat har doim juda yaqin, tom ma’noda yuzada. Va nozik jins vakillarining ko’pchiligi uchun klitoral orgazm lazzat olishning eng ishonchli yo’li. Buni unutmang. 4. Prezervativni o’z vaqtida va eslatmasiz kiying. Yoqadimi-yo’qmi buni qilish kerak! Albatta, agar siz tajribali turmush o’rtoqlar bo’lmasangiz. Ayol qanday erkin ko’rinmasin, aniqlik va ehtiyotkorlik har doim yaqin munosabatlaringizga hamroh bo’lishi kerak. Ko’pgina ayollar himoya qilish kerakligini eslatishni emotsional intensivlikni pasaytirish va bezbetlik kabi qabul qiladilar. Agar yoringiz aql-hushli bo’lsa, buni baribir buni amalga oshiradi, lekin agar siz uni bu kabi g’ayrioddiy holatdan qutqarsangiz — hamma narsa juda oson va yaxshiroq bo’ladi. 5. Erinchoqlik qilmang. Bu «kulgili harakatlar» ni faolroq qilishga harakat qiling. Ehtimol, sizga buning uchun biroz mushaklarni chiqarish va chekishni tashlash kerak bo’lar, lekin yaxshi jinsiy aloqa bunga loyiqdir. Bu yerda vaginal orgazm xohlovchilari bunga erishish imkoniyatga ega bo’lishadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, o’ta tez harakatlar aloqaning oxiriga yaqinlashgach o’rinli hisoblanadi, lekin boshlang’ich nuqtasida emas, albatta, agar sevgi o’yini vaqt juda yetishmayotgan kutilmagan vaziyatlarni taklif qilmasa. Ayollar uchun maslahatlar 1. Ko’rishga ruxsat bering! Barcha erkaklar ko’z bilan sevadi, biz buni bilamiz. Va ko’pchilik honimlar erkaklarning bunday umidlarini chiroyli ko’rinish oqlashga harakat qiladi. Yotoqda — barchasi aksincha. Bu tushunarli, chunki kiyim-kechak bilan yaxshi tomonlarga urg’u berishdan ko’ra ko’proq kamchiliklarimizni yashirishga harakat qilinadi. Ushbu maslahatni «birinchi talabga binoan o’zini borini ko’rsatish» deb qabul qilishingiz kerak emas. Tanangizni eng yaxshi tomondan ko’rsata olish — butun boshli ilm sanaladi. Bundan tashqari, unga yoqish uchun samimiy istak bo’lishi kerak. Va eng muhimi, o’zlarini namoyish qilishdan zavqlanadigan ayollar ko’proq lazzat oladilar. 2. Birinchi boshlang. Bunday tavsiya jinsiy rollarning odatiy taqsimlanishini aniqlaydigan stereotiplarini hisobga olganda g’alati tuyulishi mumkin. Biroq, ishtirokchilarning har biri uchun, jins jihatidan qat’iy nazar, har qanday jinsiy aloqa harakati ehtiroslantirish bosqichini o’z ichiga olishi kerak. Unday bo’lsa, nega uni birinchi bo’lib ehtiroslantirmaslik kerak ekan? Ishonch bilan tashabbusni o’z qo’lingizga oling — erkak sizga juda minnatdor bo’ladi. 3. O’z lazzatlanishingizni unutmang. Ha, to’g’ri — xudbin bo’ling, chunki sizga nafaqat yaxshi, balki mukammal jinsiy aloqa kerak. Haqiqat oddiy: bugun u «eplay olganligi» va sizga yoqganligidan olingan ruhiy tasalli erkaklar uchun mo’jizani amalga oshiradi. Bu juda muhim. Siz uning turmush o’rtog’i yoki oddiy tanishi bo’lasizmi, u sizni chiroyli deb biladimi yoki sizga hech qachon aytmaydigan ba’zi arzlari bormi — buning barchasi ahamiyatsizdir, agar siz birgalikdagi sa’y-harakatlarni o’zingizga kerak bo’lgan tomonga yo’naltira olsangiz. Jinsiy aloqa juda zo’r bo’ldi! Siz esa u uchun takrorlanmas va go’zal yor bo’lib sanalasiz. Va bunda umuman ahamiyati bo’lmaydi — taom tayyorlashni bilasizmi yoki yo’q. 4. Muloyim bo’ling. Bir tomchi ayol nozikligi, eng brutal machoni ham yumshoqqina mushukka aylantirishi mumkin. Aynan muloyimlik munosbatlarni ma’no bilan to’ldiradi va shunchaki instinktiv jisniy aloqani sevgi-muhabbatning bir qismiga aylantiradi. Va buning o’rtasida katta farq bor, rozi bo’ling. 5. Bu maslahat erkaklarga berilgan tavsiyaga o’xshaydi: harakat qiling. Chunki harakat — bu hayot, shu jumladan jinsiy ham. Erinchoq bo’lmang, unga yordam bering — axir, erkaklar boshqa tanlovga ega emaslar, lekin uzoq vaqt davomida pastga yoki tepaga harakatlanish, qiya holda o’tirib-turish va boshqa harakatlar tanaffussiz yetarli darajada qiyin bo’ladi. Bunda sizning tom ma’noda ishtirok etishingiz aloqalar soni oshirishga yordam beradi, hech qanday shubhasiz, jinsiy aloqa sifatini ham. | |
|
Всего комментариев: 0 | |