Habaringiz bor, “Kristal Pelas” futbolchisi Uilfrid Zaxa “Tottenxem” da faoliyatini davom ettirishi mumkin edi. Biroq futbolchi “Kristal Pelas”da qolishni to'g'ri qaror deb bildi. Mashhur ekspert Grem Suness Zaxa haqida fikr bildirdi.

“Ajoyib futbolchi. U shunchalik yaxshiki, “Real”da ham o'ynashi mumkin. Zaxa kabi futbolchilar hozirda juda kam”, deydi Suness
Категория: News | Просмотров: 641 | Добавил: admin | Дата: 27.08.2018 | Комментарии (0)

Eron janubi-sharqidagi Seyiston va Belujiston viloyatida qum bo‘roni 171 kishining shifoxonaga yotqizilishi va ba’zi aviareyslarning bekor qilinishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib, IRNA agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

20-avgustdan buyon jami 810 kishi nafas olish yo‘llari, ko‘z va yurak kasalliklari yuzasidan shikoyatlar bilan viloyatdagi shifoxona va tibbiy markazlarga murojaat qilgan. Ulardan 639 nafariga ambulator davo muolajalari tayinlangan.

Seyiston va Belujiston aeroportlari hamda Zobul va Eronshahr shaharlari o‘rtasidagi reyslar qum bo‘roni sababli bekor qilingan. Shuningdek, Zobul—Nixbandon trassasining 700 metrga yaqin qismi qum bilan to‘silib qolgan.

Qum bo‘roni 29-avgust, chorshanba kuniga kelib kuchayishi ma’lum qilinmoqda.
Категория: News | Просмотров: 655 | Добавил: admin | Дата: 27.08.2018 | Комментарии (0)

« 1 2 ... 5 6 7